date

Poytaxtimizda UnionPay halqaro plastik kartalariga xizmat ko‘rastish yo‘lga qo‘yilmoqda

Poytaxtimizda UnionPay halqaro plastik kartalariga xizmat ko‘rastish yo‘lga qo‘yilmoqda

Yagona umumrespublika prosessing markazi tomonidan Toshkent shahridagi savdo-xizmat ko‘rsatish korxonalarida UnionPay International halqaro to‘lov tizimi ekvayringi ishga tushirildi. Bu haqda UzCard.uz xabar berdi.

Kuni-kecha “Toshkent” univermagida UnionPay International plastik kartalari asosida birinchi tranzaksiya o‘tkazildi.

Barcha savdo majmualaridagi POS-terminallar orqali UnionPay International halqaro to‘lov tizimi plastik kartalarini (chipli va magnit lentasi mavjud bo‘lgan) tranzaksiya orqali qabul qilish maqsadida dasturiy ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan.

Yagona umumrespublika prosessing markazi kelajakda UnionPay International halqaro to‘lov tizimi plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar dislokasiyasi ro‘yxatini www.uzcard.uz saytida joylashtirishni rejalashtirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Poytaxtimizda UnionPay halqaro plastik kartalariga xizmat ko‘rastish yo‘lga qo‘yilmoqda