12:00 / 22.06.2023
311

Yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish bo‘yicha barcha imtiyozlar bekor qilinmoqda

Yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish bo‘yicha barcha imtiyozlar bekor qilinmoqda
Prezident tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan prezident ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
 
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida  elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);
  • yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari bo‘yicha o‘zgarishlar.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxslardan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olinadi.
 
Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muqaddam bu qoida prezident qarorlari bilan ajratiladigan yerlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish bo‘yicha barcha imtiyozlar bekor qilinmoqda