“O‘zgidromet” 17—19 iyul kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 17—18 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17—18 iyulda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 iyulda — 22-27 daraja, 18—19 iyulda — 20-25 daraja, kunduzi 17 iyulda — 33-38 daraja, 18—19 iyulda — 31-36 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17—18 iyulda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekungacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 17 iyulda — 38-43 daraja, 18 iyulda — 39-44 daraja, 19 iyulda — 33-38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 iyulda 20-25 daraja, 18—19 iyulda — 22-27 daraja, kunduzi 17—18 iyulda — 35-40 daraja, 19 iyulda — 33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 17 iyulda — 38-43 daraja, 18 iyulda — 39-44 daraja, 19 iyulda — 36-41 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 17 iyulda kechasi 18-23 daraja, kunduzi — 33-38 daraja, 18—19 iyulda kechasi — 20-25 daraja, kunduzi — 35-40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 iyulda 12-17 daraja, 18—19 iyulda — 15-20 daraja, kunduzi 17 iyulda — 25-30 daraja, 18—19 iyulda — 28-33 darajagacha ko‘tariladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring