O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foizga o‘sdi
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foizga o‘sdi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasini 2016 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini e’lon qildi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Unda keltirilishicha, 2015 yilning birinchi yarmiga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foiz, sanoat 6,7 foiz, qishloq xo‘jaligi 6,8 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,1 foiz o‘sdi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmini 11,8 foiz va pudrat-qurilish ishlari hajmini 17,5 foizga oshirish imkonini berdi.

Joriy yil boshidan buyon 2016-2020 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi doirasida 6500 ta servis ob’yektlari tashkil etilgani xizmatlar hajmining 12,9 foiz va yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmatlar ulushini 2015 yil birinchi yarmidagi 57,1 foizdan 57,6 foizgacha oshirish imkonini berdi.

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsiti va 2,5 foizni tashkil qilgan inflyatsiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash orqali erishildi.

O‘zbekiston Respublikasini 2016 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari

(2015 yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida)

Ko‘rsatkichlar
O‘sish sur’atlari

Yalpi ichki mahsulot
107,8

Sanoat
106,7

Chakana savdo aylanmasi
114,1

Qurilish ishlari
117,5

O‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi
111,8

Qishloq, o‘rmonchilik va baliqchilik xo‘jaligi
106,8

Jami xizmatlar
112,9

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar