Ramzan Qodirov o‘zbek xalqiga hamdardlik bildirdi

Ramzan Qodirov o‘zbek xalqiga hamdardlik bildirdi
Ramzan Qodirov o‘zbek xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ko‘plab davlat rahbarlari va hukumatlar vakillari o‘zbek xalqiga o‘z hamdardligini bildirishmoqda, deyiladi "Kun" nashrida.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham o‘zining instagramdagi sahifasida shu munosabat bilan ta’ziyasini izhor etdi.

"Ollohning irodasi bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning hayot yo‘li poyoniga etdi. Men o‘zbek xalqi, shuningdek Islom Abdug‘anievichning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z hamdardligimni bildiraman. Olloh rahmatiga olgan bo‘lsin", - deyilgan Qodirovning murojaatida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar