14:09 / 15.09.2016
7 080

O‘zbekiston va Qirg‘iziston mavjud muammolarni hal qilishga tayyor

O‘zbekiston va Qirg‘iziston mavjud muammolarni hal qilishga tayyor

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev va O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqida Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Abdulaziz Komilov juma kuni bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegasiyasi rahbari sifatida Bishkekka tashrif buyurdi. Komilov Qirg‘iziston prezidenti bilan kechgan uchrashuvda O‘zbekistonning qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini o‘zaro hurmat va qo‘shnichilik an’analariga tayangan holda ijobiy notalarda boshlashga tayyor ekanini bildirdi.

"Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlarini faollashtirishda tomonlarning manfaatdorligi va mamlakatlar o‘rtasidagi muammolarni konstruktiv muloqot yo‘li orqali hal qilishga jiddiy siyosiy yondashuv mavjudligi tasdiqlandi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek TIV rahbari Abdulaziz Komilov Atambaevga O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini etkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Qirg‘iziston mavjud muammolarni hal qilishga tayyor