O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentyabrda «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi 12 avgustda, Senat 24 avgustda mazkur qonunni qabul qilgan edi.
17 sentyabrda OAVda e’lon qilingan qonun 6 oydan so‘ng kuchga kiradi, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Mazkur qonun ichki ishlar organlari tizimi va tuzilmasi, ularning huquqi, majburiyatlari va vakolatlari, xodimlariga qo‘yiladigan talablarga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasiga oid masalalar hal etilgan.
Qonunda ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy vazifalari, yo‘nalishi va qoidalari mustahkamlangan. Ularning zimmasiga fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini muhofaza qilish vazifalari yuklangan.
Aytish joizki, ichki ishlar organlariga aniq majburiyatlarni qo‘yish, ularning jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Konstitusiyasi,
«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida» qonun va boshqa qonunchilik aktlariga rioya etishlari shart.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda o‘zlarining noqonuniy harakatlarini oqlash uchun xizmat manfaatlarini ro‘kach qilishi, iqtisodiy manfaat ko‘rishi, noqonuniy talab qo‘yishi, mansabdor shaxslarning qonunga xilof buyruq va ko‘rsatmalarini bajarishlari mumkin emas.
Qonun shuningdek, inson sha’ni va g‘ururini poymol qiluvchi har qanday zo‘ravonlik, tajovuz va boshqa turli harakat va usullarni qo‘llashni ichki ishlar xodimiga taqiqlaydi.
Hujjatga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi bevosita Prezidentga, ayrim masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Ichki ishlar vaziri bosh vazir tavsiyasiga binoan Prezident tomonidan tasdiqlanadi va Prezident tomonidan vazifasidan ozod etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev birdaniga 4 ta qonunni imzoladi

Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

O‘zbekiston milisiyasi yangicha forma kiyadi

O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlariga g‘ayriqonuniy tinch namoyishlarni bartaraf etishda qurol qo‘llash taqiqlangan

Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

Prezident «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi