Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi

Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi
Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etdi

Kecha, 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” shaklidagi mintaqalararo uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda "Qalampir" xabar bermoqda.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Yevroittifoqning tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan iqtisodiy rivojlanishning turli jabhalariga urg‘u bergan holda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Yalpi majlis doirasida hamda boshqa shakllarda mintaqaviy va xalqaro muammolar, xavfsizlik va ekstremizmga qarshi kurash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar