Foto: senat.uz
29 noyabr kuni Oliy Majlis Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda «Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonunning yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qayta ishlashda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga oid qismi ijrosini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Qayd qilinishicha, bugungi kunda aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi va endemik buqoq kasalligining oldini olish borasidagi ishlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida amalga oshirilmoqda. Natijada yod tanqisligi holatlarining tarqalish darajasi 31 foizni tashkil etib, 20 yil mobaynida 2,5 barobarga kamaygan. Biroq, O‘zbekiston hali ham yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda.
Aholi orasida endemik buqoqdan kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirish va osh tuzini yodlash bo‘yicha talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish zaruriyati ham yuzaga kelgan.
2023 yilda yod tanqisligi kasalligi har 100 ming aholiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida (2160,7), Surxondaryo (1883,3), Jizzax (1494,0) Buxoro (1262,2) viloyatlarida mamlakat ko‘rsatkichlariga nisbatan (912,4) baland bo‘lgan. Shu davrda yod tanqisligi ko‘rsatkichi bolalar va o‘smirlar orasida mamlakat bo‘yicha har 100 ming aholiga o‘rtacha 712,3 va 3593,6 nafarni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichlar “yod tanqisligi pandemiyasi” davom etayotganligini anglatadi.
O‘zbekistonda osh tuzi ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va undan foydalanuvchi 94 ta korxona mavjud. Ularning bor-yo‘g‘i 24 tasida laboratoriyalar bor, faqatgina 72 tasida dozator o‘rnatilgan. Ammo o‘rnatilgan ayrim dozatorlar mutlaqo talabga javob bermaydi.
Tuz ishlab chiqaruvchi korxonalardan olingan 263 ta namunadan 65 tasida (25%), savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalaridan olingan 1110 ta namunaning 347 tasida (31,5%), maktabgacha va maktab ta’limi muassasalaridan olingan 3613 ta namunaning esa 1263 tasida (35%) yod miqdori belgilangan talabga javob bermasligi aniqlangan. Ayrim hollarda qadoqlarga yodlangan osh tuzi deb, aslida yodlanmagan texnik tuz solinayotgani aniqlangan.
Ayrim tadbirkorlar tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni suiiste’mol qilib, aholining sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan mahsulotlarni sotishni davom ettirmoqda. Majlis yakunlari bo‘yicha qo‘mitalarning aniq takliflar aks etgan qo‘shma qarori qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Koreyaga ishlash uchun borgan ikki nafar o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi
Kimyogarlar terini quyoshdan himoya qilishning yangi usulini topdi
Rossiya tug‘ilish kam bo‘lgan hududlarning gubernatorlarini iste’foga chiqarishni boshlaydi