Ob-havoni kuzatish bosh markazi 13 oktyabrda mamlakatimizda havo harorati keskin tushib ketishi haqida xabar bergandi. Bugun poytaxtimiz Toshkentda havo harorati 25 daraja iliqdan 13-15 darajaga tushib ketdi.
Respublikamiz tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi, havo harorati esa o‘rtacha 5 daraja iliqni tashkil etmoqda.
Gidrometeorologiya markazidan xabar berishlaricha, 13-14 oktyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi sekundiga 15-20 metrni tashkil etadi.
Toshkent shahrida bugun kechasi havo harorati 10-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 14-15 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati ertaga kunduz 15 darajagacha iliq bo‘ladi, 15 oktyabr kuni esa harorat 23 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bugun va ertaga harorat kunduzi 10-15, kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 15 oktyabr kuni esa harorat kunduzi 20 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida bugun yomg‘irli ob-havo. Harorat ayni vaqtda o‘rtacha 15 daraja iliq. 14-15 oktyabr kunlari qora bulutlar tarqalib, yana quyosh charaqlashi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 13-18, kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 15 oktyabrda esa kunduzi harorat 21-26 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 14 oktyabr kunduzi havo harorati 13-18, kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 15 oktyabr kuni esa harorat 18-23 daraja iliqni tashkil etadi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Qashqadaryo viloyatida bugun yomg‘irli ob-havo. 14-15 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati 18-23 darajagacha ko‘tariladi.
Surxondaryo viloyatida esa boshqa hududlarga nisbatan iliq ob-havo kuzatilmoqda. Ayni vaqtda harorat 19-24 daraja iliq bo‘lib, 15 oktyabr kuni harorat 24-29 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti.
Farg‘ona vodiysida ham bugun yog‘ingarchilik kuzatilmayapti. Aksincha, 14 oktyabr kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 13-18, kechasi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 15 oktyabrda esa harorat kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi