Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Bank xizmatlarining mahalla darajasigacha tushirilgani yaxshi natija berayotgani qayd etildi. Ayniqsa, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvonda tadbirkorlik muhiti tubdan o‘zgardi, odamlar daromadi oshdi, ertangi kunga ishonch paydo bo‘ldi.
Xususan, Uychi tumanida banklar 3 ming 200 ta faol mijoz bilan ishlab, muammolarni hal qilib bergani uchun 9 ming odam doimiy ishli bo‘ldi. Kambag‘allar soni 6 mingga kamaydi.
Sayxunoboddagi 3 ming 200 ta xonadonda loyihalar ishga tushirildi, 12 ming odam o‘z tomorqasida daromad topishni o‘rgandi. Zarbdorda 13,5 ming, G‘ijduvonda 28 ming ish o‘rni yaratildi. Buning hisobiga qo‘shimcha 10,5 ming aholi kambag‘allikdan chiqarildi.
Umuman, yil boshidan ushbu 4 ta tajriba doirasida 3 million 300 ming aholi doimiy daromadga ega bo‘ldi. Muhimi, xonadonlarning oylik daromadi 7,5 million so‘mdan 10,5 million so‘mga oshdi.
Bundan tashqari, Xo‘jayli, Asaka, Vobkent, Bulung‘ur, Yangiyer, Qo‘shtepa, Shovot kabi 57 ta tumanda hokimlar, banklar, hokim yordamchilari birgalikda ishlagani uchun ishsizlik 5 foizdan pasaydi.
Yig‘ilishda ayrim rahbarlar «bu vaqtincha, bir-ikki yilda o‘tib ketadi» degan kayfiyatda yurganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bu borada sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan olindi. Ular o‘rniga zamonaviy fikrlaydigan, yangi tajriba yaratib, odamlarimizni rozi qilaman degan tashabbuskor yoshlar ishga olindi.
«Qat’iy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi. Hamma o‘zgarishi kerak.
Ko‘rib turibsizlar, har daqiqa dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat qiyinlashib, yangi-yangi tahdidlar paydo bo‘layapti. Ularga bugun javob topmasak, keyin kech bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.
Bugungi yig‘ilishga tayyorgarlik doirasida 2025 yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish mahallabay hisob-kitob qilingan.
Bu maqsadga erishish uchun hududlarning iqtisodiy sektor rahbarlari o‘z ongini o‘zgartirishi, ish tizimi va yondashuvlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Ular hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashib, zamon talablariga mos ishlash tartibiga o‘tishi muhim ekani uqtirildi.
Shu bilan birga, hokim va banklarning ijobiy tajribalarini kengaytirish, muammolarni hal qilish bo‘yicha 40 dan ortiq taklif va tashabbuslar tayyorlangan.
«Umuman, 2025 yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi», - dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Suriya hukumati ikki yilda Rossiyaga 250 mln dollar naqd pul o‘tkazgan
Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi
Rossiyaning G‘arbiy Ukrainaga hujumi urush davridagi eng yirik hujum bo‘ldi