2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning 492 nafari oʻgʻil, 548 nafari qiz. Eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarni:
- Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
- Toshkent shahri (112 nafar),
- Samarqand viloyati (101 nafar),
- Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.
Eng kam tugʻilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi.
Tugʻilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya'ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizak.
Ta'kidlanishicha, bayram kunlari respublika boʻylab 6192 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2020 yilning shu davrida jami 1111 nafar, 2021 yilda — 1086 nafar, 2022 yilda — 1448 nafar, 2023 yilda — 1312 nafar, 2024 yilda — 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston nima uchun ov qilishga moratoriy joriy etmoqchi boʻlyapti?
Oʻzbekistondan qoʻshni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi
Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi
Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri joriy etiladi
9 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
Davlat sirlari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi
Oʻzbekistonda tarqatish taqiqlangan materiallar roʻyxati yangilandi
Toshkent viloyatida isitish va issiq suv narxlari oshadi