date
views 522

4 yanvar kuni yurtimizda qanday ob-havo boʻlishi ma'lum qilindi

4 yanvar kuni yurtimizda qanday ob-havo boʻlishi ma'lum qilindi
“Oʻzgidromet” 4 yanvar, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, kechqurun yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduz 0-5 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.

Prognozlarga koʻra, Oʻzbekiston hududi boʻyicha 2025 yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 4 yanvar kuni yurtimizda qanday ob-havo boʻlishi ma'lum qilindi