Oʻzbekiston boʻyicha 2025 yil 7-10 yanvar kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi. Unga koʻra:
Bugun 7 yanvarda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda kechasi va ertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
8 yanvarda kechasi va ertalab faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik saqlanib turadi.
8 yanvarda kunduz kuni va 9-10 yanvarda Oʻzbekistonning barcha hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
8-10 yanvar kunlari havo harorati kechalari 2-5 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba'zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning togʻli hududlarida 7-8 yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi.
Poytaxtimizda 7-10 yanvar kunlari asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 7 yanvarda kechqurun va 8 yanvarga oʻtar kechasi yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Kechasi va ertalab ba'zi joylarga tuman tushadi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati:
- 7 yanvarda kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq;
- 8 yanvarda kechasi va kunduzi 1 daraja sovuq 1 daraja iliq;
- 9 yanvarda kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq;
- 10 yanvarda kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli oʻsmir javobgarlikka tortilmaydigan boʻldi
Abdulla Qodiriy: muallifni qamatgan maqola
Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi
Dam olish kunlaridan keyin ish ritmiga qanday qaytish mumkin?
Italiya bosh vaziri Tramp qarorgohiga tashrif buyurdi
Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?
AQSh “Tolibon” bilan mahbuslar almashinuvi boʻyicha muzokaralar olib bormoqda
"Manchester Siti" navbatdagi "yirtqich" himoyachi Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi