2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi. Unga koʻra, respublikada “yashil bogʻlar” barpo etish rejalashtirilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida “Yashil bogʻlar” barpo etish uchun er maydonlari tanlanadi, talab etilsa ajratish yuzasidan tegishli qaror yoki farmoyish qabul qilinadi.
Tanlangan (ajratilgan) er maydonlarida “yashil bogʻlar” barpo etish uchun “Yashilloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuziladi. Bunda, ajratilgan er maydonlarida hudud tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar turini tanlash, ekish sxemasi belgilanadi, parvarishlash, sugʻorish va uch yil muddatga biriktirish tizimlari nazarda tutilgan loyihalash va xarajatlar-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.
Tanlangan er maydonlarida loyiha hujjatlari asosida “yashil bogʻlar” barpo etiladi.
Barcha shaharlarni toʻliq “yashil belbogʻ”lar bilan qamrab olish koʻzda tutilgan.
“Yashil belbogʻ”larni barpo etish uchun er maydonlarini belgilash, ularni belgilangan tartibda ajratish boʻyicha choralar koʻriladi.
Barpo etiladigan “Yashil belbogʻ”larning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.
Tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida tuproq va iqlim sharoitiga mos daraxt turlarini tanlagan holda “Yashil belbogʻ”lar barpo etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yigʻimi” tizimi joriy etiladi
Ta'lim sohasida ovqatlantirishni nazorat qilish markazi tashkil etiladi
Toshkentda yoʻl muammolarini hal qilish uchun “qizil liniya” ishga tushirildi
Oʻzbekiston nima uchun ov qilishga moratoriy joriy etmoqchi boʻlyapti?
Oʻzbekistondan qoʻshni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi
Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi
Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri joriy etiladi
9 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?