14:24 / 24.01.2025
62

Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga doir qarorini imzoladi

Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga doir qarorini imzoladi
Joriy yil 22 yanvar kuni Prezidentning «Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-20-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, elektrotexnika sanoatini 2025–2027 yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

2025 yil 1 fevraldan quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
  • bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi;
  • korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028 yil 1 fevralgacha bojxona bojidan ozod etiladi;
  • ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining ma'muriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha ob'ektlarini qurish boʻyicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:
    – pudratchilar zarur tovarlarni Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi va Elektron kooperatsiya portalidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;
    – zarur tovarlar portallarda mavjud boʻlmasa, tasdiqlovchi ma'lumotnomalar asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi;
  • Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida elektron doʻkon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bogʻliq cheklovlarsiz oʻtkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat ma'lumotlari asosida shakllantiriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston