Oliy Majlis Qonunchilik palatasi elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun loyihasini koʻrib chiqib, qabul qildi.
Ma'lum qilinishicha, qonun loyihasi bilan Oʻzbekistonda nikotinni iste'mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, respublika hududiga olib kirish hamda olib chiqish taqiqlanmoqda.
Aylanmasi taqiqlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinni iste'mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida mas'ul qoʻmita tomonidan deputatlar bergan takliflar asosida undagi normalar takomillashtirilgan va loyiha matni maromiga etkazilgan.
Deputatlarga koʻra, qonun loyihasining qabul qilinishi aholining hayoti va sogʻligʻini yanada himoya qilish, millat genofondini saqlash, atrof-muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar