«Oʻzgidromet» 29 yanvar, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma'lumot berdi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+2 daraja, kunduzi +6...+8 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –2...+3 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomom biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, Navoiy viloyati shimolida harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –2...+3 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Smarqand viloyatida kechga tomon bir oz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2 ...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +4...+9 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar