Oʻzbekistonda erkaklar va ayollar necha yoshda koʻproq oila qurishmoqda?

Oʻzbekistonda erkaklar va ayollar necha yoshda koʻproq oila qurishmoqda?
Statistika agentligi Oʻzbekistonda nikohlanuvchi erkaklar va ayollarning yoshi boʻyicha taqsimlanishi haqidagi ma'lumotlarni ochiqladi.

Unga koʻra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida, respublika boʻyicha 271 776 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Qayd etilgan nikohlarning erkaklarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi, foizda quyidagicha boʻlgan:

- 20 yoshgacha – 1,4 foiz;
- 20-30 yosh – 84,3 foiz;
- 31-40 yosh – 10,1 foiz;
- 41 yosh va kattalar – 4,2 foiz.

Qayd etilgan nikohlarning ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi, foizda quyidagicha boʻlgan:

- 20 yoshgacha – 37,7 foiz;
- 20-30 yosh – 53,9 foiz;
- 31-40 yosh – 6,5 foiz;
- 41 yosh va kattalar – 1,9 foiz.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar