O‘zbekiston tezyurar Talgo-250 elektropoezdini yil oxirigacha qabul qilib oladi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi, deb Carzone.uz yozmoqda.
Elektropoezd 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturiga asosan olib kelinmoqda. Ushbu dastur doirasida 9,8 mlrd dollarlik 150ta investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ikkita lokomotiv, 10ta yo‘lovchi poezdi va restoran-vagondan iborat yangi poezd 287 nafar yo‘lovchini manziliga etkaza oladi. 38 mln dollarlik ikkita shunday tarkibni Ispaniya kompaniyasidan xarid qilish shartnomasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
Yangi tezyurar poezdlar «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradi.
Hozirda, O‘zbekistonda ikkita Talgo poezdlari harakatlanmoqda. Afrosiyob poezdlari «Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha qatnamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi