14 679
Sh.Mirziyoyevga naqd pul, qimmatlashgan benzin va dollar haqida murojaat qilishdan boshqa maslalar ham bor…
24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ochilishi ko‘pgina yig‘ilib qolgan muammolarni tezda hal bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Bosh vazirga kelib tushayotgan muammolar bilan ham portalda, feysbukda tanishtirib borilmoqda, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Yurtoshlarimizning har birlarining o‘zlariga yarasha muammolari bor. Kartochka olmagan do‘kon, naqd pul yoki kredit bermagan bank, gaz, elektr muammolari xatto 10-15 kun kechikib kelayotgan nafaqa puli masalasini ham Bosh vazirgacha olib chiqilyapti. Bir tomondan biroz kulgili chunki, bu masalalar maxalla, tuman doirasida hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar. Lekin, o‘zimizni kichik muammolardan tashqari atrofimizda ko‘pchilikka dahldor bo‘lgan, tegishli idoralar ko‘z yumayotgan masalalar ham borligi haqida ham unutmaylik.
Xususan, Toshkent viloyati Nazarbek ko‘prigi ostida oqib o‘tuvchi qoraqamish kanalini ko‘rib ko‘nglingiz aynaydi. Axir bizda qadimdan suvni e’zozlashgan. Suvda non oqizib yeyishgan. Bugungi kunda kanal va ariqlarimizga qarab ko‘nglingiz ozadi. Nazarbekdagi qoraqamish kanaliga atrofdagi axoli (ehtimol) bor axlatini olib chiqib tashlagan. Axlatlarga qo‘ngan pashsha yana o‘sha axolining uyiga kirib dasturxoniga qo‘nadi. Shunga qaramay ko‘zdan nari bo‘lsa bas, deb kanalga axlat tashlashda davom etilmoqda. Axlatdan atrofdagi axoliga etadigan zarar haqida uzoq yozishning tushuntirishning nazarimizda hojati yo‘q. Farosati etmagan baribir tashlayveradi. Lekin, xokimlik tegishli idoralar tomonidan chora ko‘rilsa (shuncha vaqtdan beri chora ko‘rilmagani sababli) bosh vazir qabulxonasiga yozilsa balki, o‘sha er gullab turar. Islom dinimizda ham suv eng aziz ne’mat hisoblanadi. Suvga tupurish, unga axlat tashlash gunohligini bilamiz. Lekin, shahardagi ba’zi axlat bosgan suv va ariqlarni ko‘rib bu erdagi odamlar dindan, tarbiyadan yiroq deb o‘ylaysan kishi. Agar o‘sha kanal tozalab qo‘yilsa, balki o‘sha farosatsizlarning qo‘li bormas axlat tashlashga. Siz nima deysiz? Atrofimizdagi shunga o‘xshash kamchiliklar haqida ham qabulxonaga yozish kerakdir. Shaxsiy masala, qimmatlashgan benzin, dollar va naqd pul, kartochka muammolaridan biroz chetlashishga vaqt topilarmikan? Befarq bo‘lmaylik, Islom Karimov aytganlaridek «Shu aziz vatan barchamizniki».
PS: Mazkur masala bo‘yicha murojaat 50429-s/16 raqami ostida qabul qilindi. Natija bilan, albatta, tanishtiramiz.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi