18:16 / 24.02.2025
46

Shavkat Mirziyoyev Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi.

Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubini etkazdi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi sheriklik salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalari koʻrib chiqildi.

Idoralararo va ishbilarmonlik aloqalari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi, qoʻshma korxonalar soni ortmoqda, ikki mamlakat etakchi kompaniyalari ishtirokidagi biznes tadbirlari muntazam oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston-Oʻmon investitsiya kompaniyasi portfelini yangi kooperatsiya loyihalari hisobiga kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Joriy yil aprel oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va qoʻshma biznes forumi oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, parlamentlararo aloqalarni, madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovni yoʻlga qoʻyish muhimligi ta'kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan joriy yil may oyida Samarqand shahrida oʻtkaziladigan «Markaziy Osiyo - Koʻrfaz davlatlari» muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston