
28-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida mehmon Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Bosh vazir Mixail Mishustinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, qurilish sohasi va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik 2024-yil may oyida Rossiya Prezidenti O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda infratuzilma obyektlarini loyihalash va qurish, qurilish materiallari va uskunalar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar dolevoy qurilish, loyihalash, ekspertiza, raqamlashtirish va davlat xaridlarini o‘tkazish borasida tajriba almashish muhimligini ta’kidladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar