17:00 / 05.03.2025
776

Prezident nega parlament tasdiqlagan korrupsiyaga oid qonunni qaytardi?

Prezident nega parlament tasdiqlagan korrupsiyaga oid qonunni qaytardi?
Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda Prezident Mirziyoyev parlament tasdiqlagan korrupsiyaga oid qonunni qator kamchiliklari uchun qayta ishlash uchun qaytarganini ma’lum qildi.

«Hozirda qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘q. Parlament tasdiqlagan qonunda asosan jazoni kuchaytirishni o‘zi bilan cheklanib qolingan», – deydi Prezident.

Davlat rahbari, shuningdek, qonun qator kamchiliklarga ega ekanini ta’kidladi. Jumladan, korrupsiyani oldini olish, odamlarimizni bunga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, jinoyatni fosh etishga yordam berganlarni rag‘batlantirish kabi masalalar aks etmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun Prezident bu qonunni qayta ishlash uchun qaytarishini aytdi.

Shu bilan birga jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni ham xalqaro standartlarga moslashtirish lozimligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston