80
Makron Shavkat Mirziyoyevga Fransiyaning Faxriy legion ordenini topshirishi kutilmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyevga Fransiyaning eng yuksak davlat mukofoti — Faxriy legion ordenini topshirishi kutilmoqda.
Avvalroq Parijdagi Faxriylar uyida Fransiyaga davlat tashrifini amalga oshirayotgan prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lgandi.
Marosimdan so‘ng davlat rahbari otliq gvardiyachilar va mototsiklchilar hamrohligida oliy darajada muzokara o‘tkazish uchun Fransiya prezidentining qarorgohi — Yelisey saroyiga yo‘l olgan.
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi haqida
O‘zbekiston prezidenti 11 fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga keldi. 11-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan tashrif davomida Parij shahrida oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston—Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Le Figaro nashrining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston prezidentining Fransiyaga tashrifi davomida energetika masalalari muhokamada asosiy o‘rinni egallaydi.
Tashrif arafasida Parijda O‘zbekiston turizm forumi tashkil etildi. “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston — Fransiya ko‘prigi” mavzusidagi qo‘shma konferensiya o‘tkazildi. O‘zbekiston va Fransiyaning tegishli vazirliklari, idoralari rahbarlari hamda 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari, moliya va biznes tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Fransiya — O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ortiq bitim va shartnomalar imzolandi.
Davlat rahbari Fransiyaga bundan avval 2018 va 2022 yillarda tashrif buyurgan. Fransiya rahbari Emmanuel Makron O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan 2023 yilda kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar