O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda "Daryo" xabar qildi.
Shavkat Mirziyoyev mehmonni mamlakatga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoy rahbariyatiga, shaxsan XXR Raisi Si Szinpinga samimiy minnatdorlik bildirdi. Xitoy tashqi ishlar vazirining Samarqandda bo‘lib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgani Birinchi Prezidentga yuksak ehtirom ifodasidir.
Samimiy va xayrixohlik ruhida o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar Islom Karimovning 2015 yilda Xitoyga hamda Si Szinpinning 2016 yilda O‘zbekistonga tashriflari o‘zaro anglashuv va ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlagani, ikki taraflama manfaatli hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishlaganini alohida qayd etdi.
Ikki davlat muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlarga alohida ahamiyat qaratadi. Bu amaliyotni kelgusida ham davom ettirish, 2017 yilda navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazishga kelishib olindi.
Van I joriy yil iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi va uning natijalariga yana bir bor yuksak baho berdi. Mamlakatlarning ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin hamkorligini davom ettirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston–Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi va uning tarkibida faoliyat yuritayotgan ettita ixtisoslashgan quyi qo‘mitalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaralari qayd etildi.
Ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ko‘plab masalalar bo‘yicha fikr almashishning samarali mexanizmiga aylangan tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi yillik siyosiy maslahatlashuvlar o‘zaro hamkorlikning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo va sarmoyaviy sheriklaridan biridir. Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollardan, O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarga jalb qilingan Xitoy investisiyalari va kreditlari hajmi 6,5 milliard dollardan oshadi.
Xitoy kompaniyalari va banklari ishtirokida O‘zbekistonda Qamchiq dovoni orqali 19 kilometrlik temir yo‘l tunnelini ishga tushirish, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va Qo‘ng‘irot soda zavodini qurish, Xorazm viloyatida zamonaviy ekskavator va buldozerlar ishlab chiqarish, telekommunikasiyalar va axborot texnologiyalarini rivojlantirish singari sanoat va infratuzilma rivoji uchun muhim loyihalar, shuningdek, «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida investisiyaviy loyihalar amalga oshirilgan.
Bugungi kunda «Angren» erkin iqtisodiy zonasida avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi shinalari va konveyer lentasi ishlab chiqarish zavodini hamda «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati negizida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish kabi muhim investisiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Energetika, neft-gaz, irrigasiya va meliorasiya sohalarida, infratuzilmalarni modernizasiya qilish borasida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalar tayyorlanmoqda.
Ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgan O‘zbekiston–Xitoy madaniy-gumanitar aloqalariga ham yuqori baho berildi.
Van I samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Xitoy rahbariyati O‘zbekiston bilan ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan barcha istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha sheriklikni bundan buyon ham faol rivojlantirish va mustahkamlashdan, O‘zbekiston va Xitoyning barqarorligi, xavfsizligi, izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi