17:59 / 29.03.2025
966

Ramazon hayiti kuni ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

Ramazon hayiti kuni ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi
“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 30 mart — Ramazon hayiti kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda bir oz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” aprel oyi uchun prognozini ham e’lon qilgan. Unga ko‘ra, oy quruq ob-havo bilan boshlanadi. Aprelning birinchi besh kunligida havo harorati 22-25 daraja iliqdan 27-30 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 32 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.[left][/left]
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston