Toshkentda 6–8 may kunlari G‘alaba bog‘i yopiladi

Toshkent shahri Almazar tumanida joylashgan G‘alaba bog‘i 6 maydan 8 maygacha fuqarolar uchun vaqtincha yopiladi, deb Kursiv Media xabar berdi. Bu vaqt mobaynida bog‘ hududida joylashgan «Shon-Sharaf» muzeyi ham faoliyatini to‘xtatadi.
Yopilishiga sabab — 9 may kuni nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ishlari. Bu davrda bog‘ va muzeyga yangi eksponatlar olib kelinadi, shuningdek, hududda tozalash va dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

Izohlar 0
…