
O‘zbekistonda turizm salohiyatini to‘liq ishga solish, sohaning iqtisodiyotdagi ulushini keskin oshirishga qaratilgan “2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2025 yil yakuniga qadar turizm sohasi uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi:
- Respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini 4 milliard AQSH dollariga yetkazish;
- Ichki turizm orqali 40 million mahalliy sayyohning hududlarga safarlarini tashkil etish;
- Qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Yangi vizasiz rejim
2025 yil 1 iyundan boshlab Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati va Ummon Sultonligi fuqarolari O‘zbekistonga kelgan paytdan boshlab 30 kunlik muddatda vizasiz tartibda sayohat qilishi mumkin bo‘ladi. Bu yangi qadam qo‘shni va arab mamlakatlari bilan turizm aloqalarini yanada faollashtirishi kutilmoqda.
Sayohatni rag‘batlantirish uchun yangi tashabbuslar
Shuningdek, farmonda turizmni rag‘batlantirish va ommalashtirish maqsadida bir qancha muhim tashabbuslar belgilandi:
- Har yili 30 noyabrga qadar kelgusi yil uchun turizmni rivojlantirishga doir hududiy dasturlar ishlab chiqiladi;
- Har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi o‘tkaziladi;
- 2025 yil iyun oyidan e’tiboran har oyning ikkinchi shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida belgilanadi va “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Zamin.uz tahririyatidan:
Ushbu farmon nafaqat turizm salohiyatini rivojlantirish, balki aholi orasida madaniyat va sayohatni ommalashtirishda ham muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. Siz ushbu tashabbuslarni qanday baholaysiz? Qaysi hududga sayohat qilishni rejalashtiryapsiz?
Turizm SalohiyatiXorijiy TuristlarIchki TurizmVizasiz RejimTuroperator FaoliyatiOila Bilan SayohatXalqaro TurizmTurizmni Rag'batlantirishAholi O'rtasida Madaniyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar