
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish;
- yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash hamda mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish.
Farmonga ko‘ra, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni tashkil etiladi.
Shuningdek, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Iqtidorli FarzandlariInson KapitaliYoshlar BilanInnovatsion ImkoniyatlarTa'lim MuassasalariGlobal Mehnat BozoriRaqobatbardosh MutaxassislarMilliy DasturIqtidorli Yoshlarni Qo‘llab-quvvatlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar