date
views 242

O‘zbekistonda metallurgiyaning kelajagi uchun yangi oliygoh ochildi

O‘zbekistonda metallurgiyaning kelajagi uchun yangi oliygoh ochildi
O‘zbekistonda ilk bor Texnologik metallar sohasiga ixtisoslashgan oliy maktab faoliyati boshlandi. Bu ta’lim muassasasi O‘zbekiston Texnologik metallar kombinati (TMK) tashabbusi bilan tashkil etildi va uning asosiy maqsadi — respublikamizda texnologik metallar sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishdan iborat.

Bakalavr dasturi xalqaro hamkorlik asosida tashkil etilgan bo‘lib, u Italiyaning mashhur Piza universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi va nazariy bilimlardan tashqari, talabalar TMKning ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Boshlang‘ich bosqich uchun TMK tomonidan 25 nafar iqtidorli yoshlar uchun grant ajratilgan.

Magistratura yo‘nalishi ham xalqaro miqyosda tashkil etilgan. Ushbu bosqichda Geologiya fanlari universiteti bilan hamkorlikda kritik minerallar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Loyiha Xitoyning Geofanlar universiteti bilan birgalikda amalga oshirilib, ta’lim jarayonlari ham ingliz tilida tashkil etiladi. Magistraturaning ikkinchi yili Xitoyda o‘tib, bitiruvchilar ikki davlat — O‘zbekiston va Xitoy diplomiga ega bo‘lishadi. Bu bosqich uchun ham 10 ta to‘liq grant ko‘zda tutilgan.

Ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar TMKda doimiy ish joyi bilan ta’minlanadi. Bu nafaqat yoshlar uchun, balki mamlakat sanoati uchun ham ulkan imkoniyat hisoblanadi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, ushbu yangi oliy maktab nafaqat mahalliy, balki xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashni ko‘zda tutadi va metallurgiya, geologiya hamda mineralogiya sohalaridagi kadrlar yetishmasligi muammosini bartaraf etishga qaratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda metallurgiyaning kelajagi uchun yangi oliygoh ochildi