date
views 553

Termizda qonunni chetlab o‘tgan “svet o‘g‘risi” fosh etildi

Termizda qonunni chetlab o‘tgan “svet o‘g‘risi” fosh etildi
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish muassasasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Z.Sh.” MCHJga tegishli mazkur obyektda elektr hisoblagichdan tashqaricha ulanish orqali davlat resurslaridan noqonuniy tarzda foydalanilgan. Nazorat tadbiri viloyat prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik orqali davlatga 300 million so‘mdan ziyod — aniqrog‘i, 300,5 million so‘m miqdorida iqtisodiy zarar yetkazilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qonunbuzarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi, keltirilgan zarar qoplanishi va sodir etilgan noqonuniy harakatlar huquqiy bahoga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda energetik resurslardan samarali va qonuniy foydalanish masalasi davlat tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Ayniqsa, tadbirkorlik subyektlarining bu boradagi mas’uliyati orttirilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Termizda qonunni chetlab o‘tgan “svet o‘g‘risi” fosh etildi