date
views 2 505

2025 yildan bug‘doy savdosi yangi tartibda amalga oshiriladi

2025 yildan bug‘doy savdosi yangi tartibda amalga oshiriladi
2025 yil don mavsumida davlat resurslari hisobidan xarid qilingan bug‘doy bo‘yicha hisob-kitoblar yangi tartibda amalga oshiriladi. Bu haqdagi tegishli qarorga muvofiq, endilikda “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ har yili 1 iyunga qadar, yanvardan aprelgacha shakllangan narxlar asosida, 3-sinfli bug‘doy uchun o‘rtacha narxni o‘z rasmiy saytida e’lon qilishi shart qilib belgilandi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga omborlar orqali don qabul qilish va tarqatish jarayonlari, shu bilan birga Jamg‘arma, tijorat tashkilotlari va fermerlar o‘rtasidagi moliyaviy hisob-kitoblar samaradorligini oshirish maqsadida, d-xarid.uz axborot tizimi orqali shartnoma asosida bug‘doy xarid qilishga ruxsat berildi.

Hujjatga asosan, quyidagi tartiblar tasdiqlandi:

• 2025 yil hosilidan vaqtincha saqlash, davlat resurslari va urug‘lik uchun bug‘doyni qabul qiluvchi omborlar joylashuvi (dislokatsiyasi).
• 2025 yil davlat zaxiralariga xarid qilinadigan bug‘doy narxini sinflarga qarab aniqlash koeffitsiyentlari.
• 2026 yilgi hosil uchun tayyorlanadigan urug‘lik bug‘doyni sovitkichli omborlarda vernalizatsiya qilish hajmlari.

Bu qarorning asosiy maqsadi – bug‘doy xaridi jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, sohada shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash, shuningdek, yetishtiruvchilar, saqlovchi tashkilotlar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni huquqiy asosda mustahkamlashdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2025 yildan bug‘doy savdosi yangi tartibda amalga oshiriladi