
Sirdaryo viloyatida avtohalokat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar bo‘yicha sud qarori ijro etilib, katta miqdordagi mablag‘ undirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tuman bo‘limi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining 2025- yil 6- fevraldagi qaroriga asosan, qarzdordan jabrlanuvchi foydasiga 22,6 million so‘m miqdorida yetkazilgan zarar mablag‘i undirilishi lozimligi belgilangan.
Sud qaroriga binoan chiqarilgan ijro hujjatining ijrosi yuzasidan Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan. Biroq, qarzdor zarar mablag‘ini belgilangan muddat ichida ixtiyoriy tarzda to‘lamagani sababli, unga nisbatan majburiy ijro harakatlari boshlab yuborilgan.
Ijro jarayonida qarzdorga tegishli bo‘lgan BYD “Chazor” rusumli avtomashina aniqlanib, xatlovga olindi. So‘ngra, ushbu avtomashina orqali qarzdorlik bo‘yicha to‘lovlar qoplandi.
Natijada, nafaqat 22,6 million so‘mlik moddiy zarar, balki qo‘shimcha ravishda 3,3 million so‘m miqdoridagi soliq qarzlari ham to‘liq undirilib, ijro hujjatining bajarilishi yakunlandi.
Mutasaddilar ushbu holat orqali fuqarolarga qonuniy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish zarurligini eslatib o‘tmoqda. Chunki sud qarorlari ijrosi qonuniy majburiyat hisoblanadi va undan bo‘yin tovlash mumkin emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar