date

Mirziyoyev Ostonada: Xitoy va mintaqaviy hamkorlik kun tartibida

Mirziyoyev Ostonada: Xitoy va mintaqaviy hamkorlik kun tartibida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga yo‘l oldi. Safar Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning rasmiy taklifiga binoan amalga oshirildi.

Davlat rahbari “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatdagi ikkinchi yuqori darajali sammitda ishtirok etadi. Mazkur tadbir mintaqadagi davlatlar va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan.

Sammit doirasida transport va logistika, energetika, raqamlashtirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Shu bilan birga, xavfsizlik, iqlim o‘zgarishi va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi dolzarb muammolar ham kun tartibida bo‘ladi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama uchrashuvi rejalashtirilgan. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy strategik sherikligini yanada mustahkamlash, savdo aylanmasini oshirish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama etiladi.

Sammit natijalari mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va siyosiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada faollashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Prezident tashrifi yakunlariga ko‘ra bir qator muhim hujjatlar imzolanishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev Ostonada: Xitoy va mintaqaviy hamkorlik kun tartibida