
Bugun, 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan yo‘l oladi. Davlat rahbarining bu galgi safaridan maqsad — hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari va yangi loyihalarning borishini shaxsan o‘rganishdir.
Tashrif doirasida Prezident sanoat, tibbiyot, turizm va energetika sohalaridagi muhim korxonalar faoliyati bilan tanishishi, shuningdek, mahallalardagi infratuzilmaviy o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, davlat rahbari ishtirokida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish ham o‘tkaziladi.
Mahalliy aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar, ish o‘rinlari yaratish, turizm salohiyatini oshirish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlar Prezident e’tiborida bo‘lishi kutilmoqda.
Bu tashrif Qashqadaryoning yaqin kelajakdagi taraqqiyotiga kuchli turtki bo‘lishi va mahalliy aholi hayotida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar