
“O‘zgidromet”ning 25 iyun, chorshanba kuni uchun e’lon qilgan ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida harorat kun davomida biroz pasayishi kutilmoqda. Ammo bu pasayish kuchli shamollar va ba’zi hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo bilan birga kechadi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi. Shamolning tezligi 5–10 m/s bo‘lib, ayrim paytlarda 15 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor. Kechasi harorat 25–27 daraja, kunduzi esa 38–40 darajani tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol ba’zi holatlarda 22 m/s gacha yetadi. Kechasi 18–23, kunduzi 26–31 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan quruq va bir oz bulutli ob-havo saqlanib turadi. Navoiyning shimolida qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Harorat 33–38 darajaga yetishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo quyoshli va shamolli bo‘ladi. Kunduzi harorat 35–40 daraja, kechasi esa 22–27 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda esa havo yanada issiqroq – 38–43 daraja. Bu hududlarda ham shamollar kuchayib, ayrim joylarda chang ko‘tarilishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda ob-havo o‘xshash holatda bo‘ladi. Harorat kechasi 22–27, kunduzi esa 35–40 darajani tashkil etadi.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda esa nisbatan salqinroq havo saqlanib turadi. Bu hududlarda harorat 28–33 darajagacha yetishi mumkin. Havo bir oz bulutli, yomg‘ir kutilmaydi.
Mutaxassislardan ogohlantiruv
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va SES qo‘mitasi aholini issiqdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Xususan, soat 10:00 dan 17:00 gacha quyosh nurlari ostida yurmaslik, tanada yengil va och rangli kiyimlar kiyish, ko‘proq suv iste’mol qilish va bolalarni shamolsiz va issiq joylarda qoldirmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, hafta oxiriga borib harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda. Demak, shunday ob-havo sharoitida ehtiyotkorlik va sog‘liqqa e’tibor juda muhim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar