01:04 / 05.12.2016
7 453

O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalari 5 dekabr kuni soat 16:00 da e’lon qilinadi

O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalari 5 dekabr kuni soat 16:00 da e’lon qilinadi

5 dekabr kuni soat 16:00 da o‘tkaziladigan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 4 dekabr soat 22:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishning borishiga bag‘ishlangan brifing chog‘ida ma’lum qildi. Uning so‘zlari MSK rasmiy saytida keltirildi.

Uning ta’kidlashicha, Ovoz berish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan xalqaro demokratik normalar va prinsiplarga rioya qilingan holda ochiq va oshkora o‘tkazildi.

«Ayni paytda saylov uchastkalarida har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar alohida-alohida sanab chiqilmoqda. Ovozlarni sanab chiqishda Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning 37 mingdan ortiq kuzatuvchilari, xalqaro kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashmoqda. Joylardan saylov mobaynida saylov qonunchiligi buzilganligi haqida axborotlar kelib tushmadi», — dedi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.

«Ertaga, 5 dekabr kuni soat 16:00 da o‘tkaziladigan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinadi», — deb so‘ziga yakun yasadi Markaziy saylov komissiyasi raisi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalari 5 dekabr kuni soat 16:00 da e’lon qilinadi