12:38 / 06.12.2016
12 176

O‘zbekiston Bosh vaziri kim bo‘ladi?

O‘zbekiston Bosh vaziri kim bo‘ladi?

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlari yakunlanib, natijalar ham e’lon qilindi. Endi yurtdoshlarimizni Bosh vazir lavozimini kim egallashi qiziqtirmoqda. Quyida sizni Bosh vazirning vakolatlari borasida qonunchiligimizda nima deyilgani bilan tanishtirib o‘tamiz.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi vazifani bajaruvchi Bosh vazir lavozimi O‘zbekistonda 1992 yil 4 yanvarda vise-prezident lavozimi tugatilishi ortidan tashkil etilgan edi. O‘zbekiston Konstitusiyasining 98-moddasiga ko‘ra Bosh vazir:

— Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;

— Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;

— xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi;

— O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Bosh vazir lavozimiga nomzod Prezident tomonidan Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taqdim etiladi. Shunga asosan aytish mumkinki, bosh vazir kim bo‘lishini davlat rahbari hal qiladi. Parlament Prezident ilgari surgan nomzodni tasdiqlamasligi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Bosh vaziri kim bo‘ladi?