O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi noyob, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan sayg‘oqlarni saqlab qolishga qaratilgan davlatlararo hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirmoqda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqot doirasida sayg‘oqlarni saqlab qolish borasida anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilmoqda. Ushbu hujjat sayg‘oqlar sonini tiklash bo‘yicha kompleks dasturlar uchun asos bo‘ladi.
Memorandum doirasida quyidagi qo‘shma tadbirlar ko‘zda tutilgan:
— sayg‘oqlarning an’anaviy ko‘chish yo‘nalishlarida erkin harakatlanishi va xavfsizligini ta’minlaydigan chegara bo‘ylab muhofaza etiluvchi hududlar va migratsion koridorlar yaratish;
– uning oziqlanishi va ko‘payishi uchun muhim bo‘lgan tabiiy yaylovlar, suv havzalari va ekotizimlarni tiklash;
– sayg‘oqlarni tabiatga qayta ko‘chirish (reintroduksiya) dasturini ishlab chiqish;
– ilmiy tadqiqotlar, monitoring va tajriba almashinuvini tashkil etish, jumladan, qo‘shma ekspeditsiyalar, reydlar, mutaxassislarni o‘qitish va populyatsiya bo‘yicha ma’lumotlar almashish.
Hamkorlik sayg‘oqni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, transchegaraviy ekotizimlarda soni, sog‘lig‘i va migratsiyasini monitoring qilish, yashash muhitini tiklash va arealning parchalanishini oldini olish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, ilmiy, texnik va genetik ma’lumotlar almashish, sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari va veterinariya nazoratini joriy etish, brakonerlikka qarshi kurashish uchun tabiatni muhofaza qilish choralarini kuchaytirish, aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot kampaniyalarini o‘tkazish, hisob usullarini muvofiqlashtirish va yagona ma’lumotlar bazasini yaratish hamda tabiatni muhofaza qilish dasturlarini amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlarni jalb etish kabilarni qamrab oladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar