13:33 / 08.12.2016
7 143

Shavkat Mirziyoyev yangi esdalik nishonni ta’sis etdi

Shavkat Mirziyoyev yangi esdalik nishonni ta’sis etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida» farmoni imzolandi, deb yozmoqda Mulohaza.uz sayti.

Hujjatga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil» esdalik nishoni «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligini nishonlash hamda davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar faxriylarini va xizmatchilarini qo‘llab-kuvvatlash maqsadida ta’sis etilmoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonlari va ularning guvohnomalari bir oy muddatda belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Maxmudov zimmasiga yuklansin», — deyilgan Farmon matnida.

Nizomga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil» esdalik nishoni bilan O‘zbekiston mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan yoxud yarador bo‘lgan va shikastlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari taqdirlanadilar.

Hujjatga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil» esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev yangi esdalik nishonni ta’sis etdi