date

Saudiyalik er qamaldi, o‘zbek ayoli vataniga qaytdi

Saudiyalik er qamaldi, o‘zbek ayoli vataniga qaytdi

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida yashayotgan o‘zbekistonlik R.G. ismli ayol turmush o‘rtog‘idan yillar davomida muntazam zo‘ravonlik ko‘rib keldi. U O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vataniga qaytishda yordam so‘radi.

Saudiya qonunlariga ko‘ra, xorijlik fuqarolar mamlakatdan chiqish uchun maxsus viza olishi shart. Ayollar esa bu jarayonda turmush o‘rtog‘ining rasmiy roziligini olishga majbur.

R.G.ning arizasi asosida uning turmush o‘rtog‘i qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolatoriga joylashtirildi. Suhbat davomida unga ayoliga chiqish vizasini berishi, unga to‘sqinlik qilmasligi, ta’qib va ziyon yetkazmasligi shart qilib qo‘yildi.

Shu orqali R.G. chiqish vizasiga ega bo‘lib, O‘zbekistonga qaytib keldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saudiyalik er qamaldi, o‘zbek ayoli vataniga qaytdi