Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab talabalar uchun kontrakt narxlarini sezilarli ravishda oshirishini e’lon qildi. Universitet matbuot xizmati ma’lumot berishicha, mazkur qaror asosan moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda ta’lim jarayonida zarur moddiy imkoniyatlarni shakllantirish maqsadida qabul qilingan.
Ta’kidlanishicha, JIDUda kechki, sirtqi yoki masofaviy ta’lim turlari mavjud emas. Shu bois universitet moliyaviy manbalari asosan kunduzgi ta’limdan tushadigan shartnoma mablag‘lariga bog‘liq. Bu esa shartnoma narxlarining oshishi qaroriga asosiy omillardan biri bo‘lgani aytib o‘tildi.
Yangi belgilangan narxlar bo‘yicha 1–2-kurs talabalari uchun kontrakt to‘lovi 33,75 million so‘m (stipendiyasiz) yoki 40,59 million so‘m (stipendiyali) etib belgilandi. 3–4-kurslarda esa mazkur summa 27,3 million so‘mdan 34,14 million so‘mgacha ko‘tarildi. Shuningdek, xorijlik talabalar uchun ham narxlarda o‘zgarish bor: ularning shartnoma to‘lovi 38,4 milliondan 44,8 million so‘mgacha belgilandi.
Magistratura bosqichida tahsil oluvchi mahalliy talabalar esa 34,56 million so‘m (stipendiyasiz) yoki 41,4 million so‘m (stipendiyali) to‘laydilar. Xorijlik magistrlar uchun esa kontrakt miqdori 44,8 milliondan 51,2 million so‘mgacha oshirildi.
Universitet rasmiy xabarlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlar ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash va moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda. Ular ta’kidlashicha, to‘lovlardagi o‘sish talabalarga qulay va sifatli ta’lim muhitini ta’minlash maqsadini ham ko‘zlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan boshlab davlat budjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshi va talabalarning stipendiya miqdori ham 10 foizga oshirilgan edi. Shu bois, ta’lim sohasidagi ushbu yangiliklar umumiy iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonida ko‘zga tashlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar