BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab 383 nafar yordam xodimi halok bo‘ldi. Bu 1997-yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, qurbonlarning qariyb yarmi G‘azo va bosib olingan Falastin hududlariga to‘g‘ri keladi.
BMTning insonparvarlik masalalari bo‘yicha bosh kotib o‘rinbosari Tom Fletcher bunday hujumlarni “xalqaro hamjamiyatning loqaydligi va befarqligining sharmandali isboti” deb atadi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, 2025-yilda Sudan hududida 36 nafar, Ukrainada esa 3 nafar yordam xodimi halok bo‘lgan. Mart oyida G‘azoda yuz bergan bir voqeada Isroil o‘q otishi oqibatida 15 nafar favqulodda xizmat va yordam ko‘rsatish xodimi halok bo‘lgani xalqaro norozilikni keltirib chiqargan edi.
Isroil armiyasi aprel oyida ushbu hodisalarni “buyruq buzilishi” bilan izohladi hamda bir qator rahbarlik darajasidagi “kasbiy xatolar” uchun qo‘mondonlardan biri lavozimidan olinishi bildirilgan.
BMT vakillari vaziyatni “fojiali” deb atamoqda. Ularning fikricha, yordam xodimlariga qarshi hujumlar kamayishi o‘rniga, aksincha, tobora ko‘paymoqda va xalqaro hamjamiyatning befarqligi jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar