11 806
Shavkat Mirziyoyev: Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifani mutlaqo uddalamayapti
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida amaldagi kadrlar tizimi faoliyatiga tanqidiy baho bera turib, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifani mutlaqo uddalamayotganini ta’kidlab o‘tdi.
"Shu o‘rinda aytish kerakki, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifani mutlaqo uddalamayapti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun ushbu akademiyani ham, uning ish uslubini ham tubdan o‘zgartirish va rahbar kadrlarini qayta ko‘rib chiqish lozim", dedi prezident.
U ayni vaqtda mahalliy hokimliklarning vazifa va vakolatlarini ham takomillashtirish talabi yuzaga kelganini ta’kidlagan.
"Hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonunlar ijrosini ta’minlash, joylardagi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish borasidagi rolini hisobga olib, bugungi kunda mahalliy hokimliklarga qo‘shimcha vakolatlar berish borasida tegishli takliflar tayyorlanmoqda", dedi O‘zbekiston prezidenti.
Ma’lumot uchun, ushbu akademiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 avgustdagi 4745-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan davlat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash maqsadida faoliyat olib bormoqda.
Akademiyada 8 ta kafedra faoliyat mavjud.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”