O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Sodiqovich Azimov o‘z lavozimini tark etgan. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
Uning o‘rnini shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan, «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Kengashi raisi Xodjaev Botir Asadillaevich egallagan.
Botir Xodjaev 1956 yilda Toshkentda tug‘ilgan, 1979 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagan.
Botir Xodjaev 1992—1994 yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, 1994—1996 yillarda — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
U 1996–1997 yillarda Davlat mulk qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 1997–1998 yillarda — Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi bo‘limi boshlig‘i, 1998–2000 yillarda — Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifalarida mehnat qilgan.
2000-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2002–2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, 2004–2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005–2006 yillarda O‘zbekiston Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi bo‘lgan.
2006 yilning 11 aprelidan 2009 yilning 9 iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bo‘lgan. 2009 yildan 2011 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari. 2011 yilning 1 noyabridan esa Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari — Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investisiya dasturlari masalalari bo‘yicha Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari.
«O‘zbekneftgaz» MXK aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvchilar kengashi a’zosi.
Ayni vaqtda Rustam Azimovning keyingi faoliyati haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Rustam Azimov 1991-1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi sifatida ishlagan. U 1998-2000 yillarda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri bo‘lgan.
2000 yilda — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri, 2000-2003 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri, 2003-2005 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, 2005-2008 yillarda— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2008 yilning 22 noyabridan — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi