date

Namanganda 6 yil oldin uyi buzilgan fuqaro tovon puliga ega bo‘ldi

Namanganda 6 yil oldin uyi buzilgan fuqaro tovon puliga ega bo‘ldi
Namangan viloyatida fuqarolik huquqlariga oid muhim masala sud orqali o‘z yechimini topdi. Ma’lum bo‘lishicha, 2017 yilda davlat ehtiyojlari uchun buzib tashlangan uy egasi ortiqcha qiyinchilikka duchor bo‘lib, belgilangan kompensatsiya mablag‘ini uzoq yillar davomida ololmagan.

Viloyat adliya boshqarmasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, uy-joy Namangan shahar hokimining 2017 yil 21 avgustdagi qaroriga muvofiq buzilgan. Biroq, ish amalda davlat manfaatlari uchun bajarilganiga qaramasdan, mulkdorga tegishli tovon puli o‘z vaqtida to‘lanmagan. Bu holat nafaqat fuqaro huquqlarining buzilishi, balki qonun talablariga ham zid deb baholandi.

Shundan so‘ng huquqshunoslar ishga aralashib, fuqaroga moddiy zararni qoplash maqsadida huquqiy yordam ko‘rsatdi va Namangan tumanlararo sudiga rasmiy da’vo arizasini kiritdi. Sud jarayoni yakunida fuqaro manfaati himoya qilindi va uning foydasiga 200 million so‘m miqdorida kompensatsiya undirib berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namanganda 6 yil oldin uyi buzilgan fuqaro tovon puliga ega bo‘ldi