"2-sentyabr kuni yurtimizning barcha maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq ovozi yanada shaffof va bayramona kayfiyatda eshitiladi. Joriy yil ham “Bilimlar kuni” munosabati bilan bolajonlarni ta’lim muassasalariga olib borish yoki talabalarning oliy ta’lim dargohlariga shaxsiy avtomobil yoki motor transport vositalari bilan kelishlari, ayniqsa shahar markazlarida yo‘l harakatining to‘siqlari va to‘liq tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin.
Shu bois, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolardan so‘raydi: “Bugungi kunda barcha tomonlama qulay va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘layotgan jamoat transportlaridan foydalaning”.
Tirbandliklarni oldini olish har birimizni qo‘limizda! Jamoat transportining qulayliklaridan foydalaning, vaqtingizni tejang va shahar yo‘llarida tinchlik va tartibni saqlashga hissa qo‘shing.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati eslatadi: bularni amalga oshirish orqali nafaqat o‘zingiz, balki boshqa yo‘ldoshlar uchun ham qulay muhit yaratishingiz mumkin. Yo‘llarimizda tirbandliklar kamayishi — hamma uchun qulaylik demakdir.
Jamoat transporti qulayliklaridan foydalaning, yo‘lda vaqtni tejang va shahar markazidagi tirbandlikni yengil qiling!"
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!