Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablarida 10 va 11-sinf o‘quvchilarini kuzatish maqsadida maxsus videokameralar joriy etiladi. Bu haqda shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 29 avgust kuni qabul qilgan qarorda qayd etilgan.
Hujjatga muvofiq, dastlab “Smart School” elektron tizimi Olmazor tumanida sinov sifatida yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, 31 ta maktabning 250 ta sinfida yangi tartib ishga tushiriladi.
Qarorda ta’kidlanishicha, maxsus kameralar orqali 10 va 11-sinflarda ta’lim jarayoni muntazam kuzatiladi, o‘quvchilarning davomati va ruhiy holati sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning fanlarga qiziqishi va o‘qituvchilarning kasbiy mahorati ham baholanadi.
Mazkur dasturni amalga oshirish uchun kameralar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi. Shu orqali Toshkentning yuqori sinflarda ta’lim samaradorligini oshirish va nazoratni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!