Mustaqillik arafasi va istiqlol yillarida qishloq aholisini uy-joyli qilish masalasi echimida uch taraqqiyot bosqichi ko‘zga tashlanadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘z faoliyatining ilk kunlaridanoq bu muammoni kun tartibiga qo‘ydi hamda uning hayotiy echimlarini ko‘rsatib berdi. Natijada 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha er ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa erlari berildi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Ma’lumki, 2009 yildan bu borada rivojlanishning ikkinchi bosqichi boshlandi: 2009-2016 yillarda mamlakatimiz qishloqlarida namunaviy loyihalar asosida 69,5 mingdan ziyod uy-joy qurildi. Buning natijasida qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi. Shuningdek qishloqlarda yangi muhandislik-kommunikasiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi shakllandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 21 oktyabrdagi «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori bilan bu yo‘nalishda yangi rivojlanish bosqichiga asos solindi. Aholiga yanada qulay imkoniyat va sharoit yaratish maqsadida arzon, zamonaviy, shinam uy-joylar qurilishi yo‘lga qo‘yildi. 2017 yilda mamlakatimiz qishloq massivlarida 15 mingta ana shunday turar joy barpo etiladi. Bunda qishloq aholisiga uch tipdagi uy-joylar qurilishi taklif qilinmoqda.
Birinchi tipdagi uylar uch yoki to‘rt yo‘lakli, xo‘jalik imoratlari va obod hovlilari bo‘lgan ikki-uch qavatli ko‘p kvartirali uylardir.
Ikkinchi tipdagilar bir qavatli ikki va uch xonali bo‘lib, aholi zich joylashgan tumanlarda quriladi. Ularning 2 sotix er uchastkasiga ega ixchamgina hovlilari bo‘ladi.
Uchinchi tipdagilar 4 sotix er uchastkasiga ega ikki qavatli, to‘rt xonali uylardir.
Xo‘sh, bu uylarning yashash uchun qanday hayotiy afzalliklari bor? Ularning arzonligiga asos nima?
"Avvalo, uylarning narxi yangilangan loyihalar asosida arzonlashgan, bunda mahalliy xomashyodan tayyorlangan yangi, sifatli va zamonaviy qurilish materiallaridan foydalaniladi, – deydi «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Jahongir Ibrohimov. – 2016 yilda 3-5 xonali namunaviy uy-joylarning o‘rtacha narxlari 175-214 million so‘mni tashkil qilgan, yangi loyihalardagi turar joylarning o‘rtacha narxi 85 million so‘mdan 170 million so‘mgacha bo‘lishi nazarda tutilgan".
Yana bir afzallik: 2009 yilda qabul qilingan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joylar qurish dasturi doirasida uy quruvchining boshlang‘ich badali 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, endi ko‘p qavatli va 2 sotixli uy-joylarning boshlang‘ich badallari 15 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, ipoteka kreditining ilk uch yili imtiyozli davr, birinchi 5 yilda yillik foiz stavkasi 7 foizdir. Keyingi yillarda kreditning foiz stavkasi Markaziy bankning hozirgi vaqtdagi yillik qayta moliyalashtirish stavkasi – 9 foizdan ortiq bo‘lmaydi. Ipoteka kreditlari 15 yil muddatga beriladi.
2022 yil 1 yanvargacha «Qishloq qurilish invest» va u bilan shartnoma tuzgan pudratchi tashkilotlar massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’ektlari va avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha ishlar hajmlari uchun barcha soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan, subpudrat tashkilotlari yagona soliq to‘lovi to‘lashdan, qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi, ularni tashiydigan tashkilotlar qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizasiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i, yagona soliq to‘lovi va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilindi.
Prezidentimiz qarorida 2017 yilning 1 yanvarigacha har bir hududda namuna sifatida uy-joylar qurib foydalanishga topshirilishi belgilangan. Ayni paytda mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq qurilish invest” IK yangi loyihalar bo‘yicha birinchi va ikkinchi tipdagi 546 uyda qurilish-montaj ishlarini yakunlamoqda, ya’ni 546 oila kirib kelayotgan yangi yilni yangi uyda kutib oladi.
Shuningdek, 2017 yilda barpo etiladigan uy-joylarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun salohiyatli pudrat tashkilotlari tanlanmoqda, uy-joylarning namunaviy loyihalari ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Yangi qurilayotgan uy-joy massivlarida davlatimiz resurslari hisobiga 415,3 kilometr suv, 291,5 kilometr elektr energiyasi, 316,9 kilometr gaz tarmoqlari, 260,3 kilometr yo‘llar, 134 ijtimoiy infratuzilma ob’ekti barpo etiladi. Ayni paytda bu tarmoqlarning muhandislik-konstruksiya loyihalari takomillashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”